Sulh kuchga kirganidan bir necha daqiqa o‘tib raketalar otildi

Isroil va Falastinning “Islomiy jihod” guruhi o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kecha kelishuv imzolangan. Biroq bugun, 8 avgust kuni kelishuv kuchga kirganidan bir necha daqiqa o‘tib Isroil janubi tomon raketalar otildi, deb xabar bermoqda The Jerusalem Post.

Ayni paytda, Falastin Islomiy Jihod tashkiloti bosh kotibi Ziyod an-Naxali, agar davlat «Islomiy Jihod» asirlarini ozod qilish talablarini bajarmasa, Isroil bilan urushlar davom etishi haqida ogohlantirdi.

Naxale o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirgandan keyin qilgan chiqishida “Agar dushman Misr vositachisi orqali kelishilganimizga amal qilmasa, biz yana jangovar harakatlarni davom ettiramiz”, dedi.

Harakat rahbarining aytishicha, Isroil ikki qo‘mondon – Xalil al-Avad va Bassam as-Sa’diyni o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi evaziga qamoqdan ozod qilishga rozi bo‘lgan.

U shuningdek, aynan Isroil “o‘t ochishni to‘xtatishga qat’iy intilayotganini” ta’kidladi. G‘azo sektori tomon aynan Isroil tomonining raketalar hujumi bilan ushbu nizo boshlanganiga esa izoh berilmadi.

Sulh juma kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:30 da kuchga kirdi, biroq oradan ko‘p o‘tmay G‘azodan Isroil tomon ajratilgan raketa uchirilishi haqida xabarlar kela boshladi.

Juma kuni Isroil armiyasi G‘azo sektorida Falastinning “Islomiy jihod” guruhiga qarshi hujum boshladi.