Sun’iy yomg‘ir yog‘dirish mumkinmi?
Birlashgan Arab Amirligida bulutlarni elektr bilan zaryadlab sun’iy yomg‘ir yog‘dirishmoqchi. “Bu g‘oya xatarli bo‘lib, qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarishga o‘xshaydi”, deydi olimlar.
Negaki, insoniyat yomg‘ir yog‘diraman deb boshqa qo‘shni hududlarda badtar qurg‘oqchilikni keltirib chiqarishi mumkin. Dubayda sun’iy yomg‘irni sinab ko‘rishni Buyuk Britaniya olimlari e’lon qildilar. Texnologiya ixtirochilari ham ular. Emishki, katapult yordamida osmondan dronlar tushirilarmish va ular bulutlarni elektr zaryadiga to‘yintirarmish. BAAda qurg‘oqchilikka qarshi kurash boshqa metodi – bulutga kumush yodi yoki tuz sepilarkan. Qarabsizki, yomg‘ir o‘sha hududga chelaklab quyar ekan.
“Ammo iqlimga bunday ta’sir o‘tkazish foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltiradi. Masalan, 1980 yil Moskvada bo‘lgan Olimpiada o‘yinlarida ochiq havoni ta’minlash uchun shunday usuldan foydalanildi. To‘g‘ri, bu yerda quyosh charaqlab turdi. Ammo sun’iy kimyoviy moddalar bilan to‘yintirilgan bulutlar baribir yomg‘irga aylanib Moskva atrofida kuchli jala yog‘ishiga olib keldi, qishloq xo‘jaligiga katta zarar yetdi”, deb izoh beradi g‘oyaga «AiF» (2021 y, 25-son)da RFA atmosfera fizikasi instituti ilmiy rahbari Igor Moxov.
***
Kremlni boyqush qo‘riqlaydi
Kremldagi ornitologik markazda burgut, lochin, qirg‘iy va boshqa yirtqich qushlar «xizmat» qiladi. Ularning safiga qutb boyqushi ham qo‘shildi deb yozadi «AiF» (2011 y, 25-son).
Hozircha u o‘quv kursini o‘tayapti. Bu qushlarning asosiy vazifasi Moskva kremli hududini biologik himoya qilish, ya’ni bu atrofga tajovuzkor va hamma tomonni ifloslantiruvchi qarg‘alarni yo‘latmaslik.
T.Shomurodov tayyorladi.