Suvni isrof qilganlarga nisbatan chora ko‘rildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida suv xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, suvdan oqilona va samarali foydalanish hamda suv iste’moli qoidalariga rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Tadbirlar davomida qishloq xo‘jaligi sohasida suvdan foydalanish yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 326 holatda qonun buzilishi aniqlandi.
Jumladan, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Parmonov Oybek dalasi”, Urgut tumanidagi “Oybek Samandar”, Narpay tumanidagi “Uch og‘ayni botir” fermer xo‘jaliklari tomonidan suv isrofgarchiligiga yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on va Paxtachi tumanlarida 25 tadan, Past Darg‘om tumanida 36 ta, Ishtixon va Nurobod tumanlarida 6 tadan, Bulung‘ur va Toyloq tumanlarida 3 tadan, Jomboy tumanida 15 ta, Urgut tumanida 9 ta, Payariq tumanida 17 ta, Samarqand tumanida 11 ta, Oqdaryo tumanida 10 ta fermer xo‘jaligi tomonidan g‘o‘za va boshqa qishloq xo‘jalik ekin maydonlarini ko‘llatib sug‘orishga yo‘l qo‘yilgan.
Vohid Ergashev,
inspeksiya bo‘lim bosh inspektori.
Valijon Hasanov,
inspeksiyaning Samarqand viloyati boshqarmasi bo‘lim katta inspektori.