Tadbirkor soliqdagi yangiliklardan xabardormi?
- 25.12.2018 16:07
- 94
- Iqtisodiyot
Viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Samarqand shahridagi tadbirkorlik sub’yektlari, yirik korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.
Viloyat prokurorining o‘rinbosari U.Hamdamov, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sh.Axmedov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 20 dekabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida soliq siyosati konsepsiyasini amaliyotga to‘liq tatbiq qilish masalalari bo‘yicha bergan topshiriqlari, soliq qonunchiligiga kiritilayotgan o‘zgarishlar yuzasidan so‘z yuritdi.
Shundan so‘ng seminar qatnashchilarining soliq konsepsiyasiga oid savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob qaytarildi. Shu kabi o‘quv-amaliy seminarlar viloyatning barcha tuman va shaharlarida o‘tkazildi.
Viloyat davlat soliq boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa