Talabalarni ijaraga qo‘ygan uy egalaridan daromad solig‘i olinmasligi mumkin

"O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, 18 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar mulkida bo‘lgan mol-mulkka soliq solinishidan ozod qilinadi.

Talabalarni o‘z uylariga ijaraga joylashtiruvchi shaxslarning ijara to‘lovlaridan olgan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi.

Shuningdek, yer qa’ridan foydalanuvchilar haqiqatda qazib olingan foydali qazilmalar hajmi to‘g‘risida soliq bazasini yashirmasdan hisobot topshirishish imkoniyati yaratiladi.

Tadbirkorlik sub’yektlariga faqatgina soliq organini xabardor qilish orqali QQSning manfiy summasini qaytarib olishishi mumkin bo‘ladi.

Respublika tumanlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’yektlari uchun belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida tatbiq etiladi.