Talabalarning turar joy bilan bog‘liq masalalari qanday hal etiladi?

Abduvali Xoliqov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i:

«Barcha talabalarni talabalar turar joylari bilan ta’minlash imkoni yo‘q. Oliy ta’lim muassasasi hech bir talabani turar joy bilan ta’minlashga kafolat bermaydi. Turar-joy bilan bog‘liq masalani hal qila olgan talabalar an’anaviy ta’limga qaytadi.

Ma’lum bir talabalar turar joylarida hozirda ta’mirlash ishlari olib borilyapti. Yotoqxona bilan birinchi navbatda kam ta’minlangan, mehribonlik uyi bitiruvchilari ta’minlanadi.

Talabalarni baholashda mezonlar bir xil, ammo vaqti bir xil bo‘lishga majbur emas. Masofadan o‘qiyotgan talaba vazifani kechroq tayyorlab bersa, o‘qituvchi uni kechroq ham baholashi mumkin».