Tanzila Norboyeva ertaga Yaponiyaga jo‘nab ketadi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva joriy yilning 22-24 oktyabr kunlari Yaponiyaga tashrif buyuradi, deya xabar beradi Senatning axborot xizmati.

Tashrif doirasida Yaponiya parlamenti Maslahatchilar palatasi prezidenti A.Santo bilan muzokaralar hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Yaponiyaning yangi imperatori Naruxitoning taxtga o‘tirishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali marosimda ishtirok etadi.