TATU Samarqand filialida 620 o‘rinli talabalar yotoqxonasi haqidagi ma’lumot yolg‘on

2021 yilning 22 yanvar kuni “Zarafshon” gazetasi va Zarnews.uz saytida “Talabalar muammosi ko‘p, ular qachon bartaraf etiladi?” maqolasi berildi.

Unda biz, ya’ni filial axborot xizmati tomonidan taqdim etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida 2014 yilda 620 o‘rinli yotoqxona qurilishi rejalashtirilgani haqidagi ma’lumot keyinchalik o‘rganishlarimiz natijasida o‘z tasdig‘ini topmadi.

Shuningdek, maqolada “filial direktori” sifatida qayd etilgan Zayniddin Qarshiyev hozirgi kunda direktor vazifasini bajaruvchidir.

Filial rahbariyati O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga davlat xususiy sheriklik asosida talabalar uchun yotoqxona qurish taklifi bilan chiqqan. Barcha oliy ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi filialdagi talabalar turar joyi masalasi yaqin yillarda o‘z yechimini topishini ma’lum qilamiz.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali axborot xizmati.