TDAU Samarqand filialida “Fermerlar maktabi” o‘quv kursi ochiladi
Joriy yilning 17-21 may kunlari Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filialida “Fermerlar maktabi” o‘quv kursiga qabul qilish bo‘yicha suhbat jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Mazkur loyiha doirasida filialda 2 oylik o‘quv kursi tashkil etiladi.
“Fermerlar maktabi”ga qabul qilingan tinglovchilar “Chorvachilik”, “Parrandachilik”, “Sabzavotchilik va polizchilik” hamda “Issiqxona xo‘jaligi” yo‘nalishlari bo‘yicha bir oy nazariy va bir oy amaliy tahsil oladilar.
“Fermerlar maktabi” o‘quv kursiga 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lganlar, ma’lumotidan qat’iy fuqarolar nazar qabul qilinadi. 3 ta hududdan, ya’ni Samarqand, Buxoro va Navoiydan 10 nafardan jami 30 nafar tinglovchi qabul qilinadi. Har 2 oyda tinglovchilar qabul qilinib, kurs yakuni bo‘yicha sertifikatga ega bo‘ladilar.
Tinglovchilarning o‘qish, yotoqxona va ovqatlanish xarajatlari "Agrobank" ATB tomonidan moliyalashtiriladi.
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali axborot xizmati.