Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali dastlabki hamkorlik aloqalarini boshladi

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 sentyabrdagi “Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Oqdaryo tumani Dahbed qo‘rg‘oni, Amir Temur ko‘chasi, 7-uyda Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali tashkil etildi.

- Filialda qishloq xo‘jaligida innovatsion resurs tejaydigan ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, “Aqlli qishloq xo‘jaligi” (Smart agriculture) va raqamlashtirilgan agrotexnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlanadi, - deydi filial direktori Shavkat Hasanov. - Shu maqsadda filial dastlabki ilmiy-amaliy hamkorlik aloqalarini USAID xalqaro tashkiloti (AQShning xalqaro taraqqiyot dasturi) bilan yo‘lga qo‘ydi. Xalqaro tashkilotning AVC “Qishloq xo‘jaligida qiymat zanjirini rivojlantirish” loyihasi doirasida filialga beg‘araz yordam sifatida bog‘dorchilik sohasida bir qator o‘quv va ilmiy adabiyotlar hamda laboratoriya jihozlari, ilmiy-tadqiqotlar olib borish uchun zamonaviy asbob-uskunalar taqdim etildi.

Mazkur loyiha O‘zbekistonda yuqori qo‘shimcha qiymatli bog‘dorchilik mahsulotlari yetishtirish hamda shu sohada zamonaviy kadrlar tayyorlashga qaratilgan.

Xurshida ERNAZAROVA.