Tehron MAGATEga Eron yadroviy ob’yektlaridagi kuzatuv kameralariga yo‘l ochdi
- 13.09.2021 10:23
- 18
- Xorij
Tehron va Xalqaro Atom energiyasi agentligi (MAGATE) Eron yadroviy inshootlari monitoringi parametrlarini kelishib olishdi. Bu qaror Islom Respublikasi vitse-prezidenti, Eron atom energiyasi tashkiloti rahbari Muhammad Eslamiy va MAGATE rahbari Rafael Grossi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng qabul qilindi. Grossi muloqotni konstruktiv deb aytdi.
"Bugun biz bu yerdagi agentlik uskunalarining uzluksiz ishi bilan bog‘liq aniq natijaga erishdik. Ya’ni, MAGATEning Erondagi yadroviy ob’yektlaridagi videokameralarga kirishga ruxsat berildi. Bu MAGATEga, shuningdek, butun dunyoga ma’lumot va hammasi joyidaligi kafolati sifatida zarur, dedi Rafael Grossi.
Ma’lum bo‘lishicha, MAGATE inspektorlariga MAGATE va Eron atom energiyasi tashkilotining qo‘shma muhrlari ostida saqlananuvchi agentlik uskunalarini ta’mirlash va informatsiya tashuvchisini almashtirishga ruxsat berilgan.
Bundan tashqari, aprel oyidan buyon Tehron va vositachi davlatlar guruhi Eron yadroviy bitimini asl holida tiklash imkoniyati haqida muzokara olib bormoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa