Terimchilarga gaz ballonlari yetkazib berildi

Ishtixon tumani hokimi Shuhrat Negmatov tumanning Qo‘ng‘irot mahallasi hududidagi “Arziqullik Islom” fermer xo‘jaligi paxta dalasida bo‘lib, terimchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, ularning muammolarini o‘rgandi.

Suhbat jarayonida terimchi xotin-qizlar tuman hokimidan xonadonlari uchun suyultirilgan gaz ballonlari zarur bo‘layotganligini bildirdi.

Terimchilar vaqtini tejash, ularga qulaylik yaratish maqsadida bugun tuman hokimi nazorati bilan “Ishtixon tumangaz” idorasi xodimlari Qo‘ng‘irot mahallasida yashovchi terimchilarga

315 dona suyultirilgan gaz balloni tarqatdi.

Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmati.