Test topshirish tartibi qanday? Test topshirish uchun nima qilish kerak?

Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva ma’lumot berdi:

➖ Hududlarda testlar Qoraqalpog‘iston va viloyatlar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarining laboratoriyalarida o‘tkaziladi.

Arizachi original ko‘rinishdagi ma’lumotni bevosita olishi yoki uning elektron pochta va Telegram orqali qabul qilib olishi mumkin.

Koronavirusga ekspress-test topshirish uchun muayyan tayyorgarlik usullari zarur emas.

Tahlildan 2-3 soat oldin ovqatlanmaslik tavsiya etiladi.

Asosan PSR testidan avval tayyorgarlik talab etiladi.

Testdan avval quyidagilar man etiladi:

🔹 alkogol qabul qilish;

🔹 suv ichish;

🔹 tibbiy dori vositalarni iste’mol qilish;

🔹 og‘iz va tomoqni chayish;

🔹 ishlarni yuvish.

Ushbu oddiy qoidalarga amal qilish maksimal yuqori aniqlikdagi natijalarni olish imkonini beradi.