Texnologiyalar tufayli yo‘qolib ketgan kasblar

XX asrda tarixdagi birinchi avtomobillar, samolyotlar va kompyuterlar paydo bo‘ldi. Ularning barchasi doimiy ravishda takomillashtirildi, hozirda kuchli smartfonlar, aqlli soatlar va yangidan-yangi boshqa buyumlar kabi yangi texnologiyalar bizni qo‘l mehnatining ko‘p turlaridan soqit qilmoqda. Shu sababli ba’zi odamlar kelajakda yuk ko‘taruvchilar, kotiblar va boshqa ko‘plab kasblar vakillari kerak bo‘lmay qolishidan xavotirda.

Haqiqatan ham XX asr boshidagi ba’zi kasblar aynan texnologiya rivojlanishi tufayli yo‘q bo‘lib ketdi. Misol uchun, bir vaqtlar muzlatgich sifatida foydalanish uchun odamlarning uylariga ulkan muz bo‘laklarini yetkazib beradigan muzkesarlar bo‘lardi. Lekin muzlatgichlar paydo bo‘lishi bilan muzo‘yarlarga ehtiyoj qolmadi. Xo‘sh, texnologiyalar yana qaysi kasblarni siqib chiqardi?

Uyg‘otuvchi odam

 1920 yillarda Irlandiya va Angliyada har kuni ertalab ma’lum bir vaqtda hammani uyg‘otadigan odamlar bor edi. Buning uchun ular eshiklarni taqillatib chiqar, yoki derazalarga mayda toshlar otardi. Qoidaga ko‘ra, uy egalari pul tashlashib, uyg‘otuvchi odamning xizmat haqini to‘lagan. Budilniklarning paydo bo‘lishi va tarqalishi bilan “taqillatuvchi”larga ehtiyoj butunlay yo‘qoldi.

Boulingdagi «Pinspotterlar»

 

Pinspotter - bu bouling o‘yinchilari tomonidan yiqitilgan keglilarni joylashtirib qo‘yadigan mexanizm. XX asrning boshlarida bu texnologiya hali ixtiro qilinmagan edi, shuning uchun ularni yig‘ib olib, tartibga solish bilan oddiy odamlar shug‘ullangan. Bu kam haq to‘lanadigan ish bo‘lib, asosan, qiyinroq ishlarga unchalik yaramaydigan yosh bolalar va qariyalar "pinspotter" sifatida ishlagan.

Ishchilar kitobxoni

 

Ko‘pchilik bugungi kunda ham uxlab qolish mumkin bo‘lgan juda zerikarli ishlar bilan shug‘ullanadi. Radio ixtiro qilinishidan oldin, turli korxonalar ishchi-xizmatchilari, barcha turdagi adabiyotlar yoki yangiliklar bilan ovoz chiqarib o‘qiydigan maxsus yollangan odam tomonidan xabardor qilingan. O‘z-o‘zidan ma’lumki, bunday ishga faqat o‘qimishli, baland ovozli odamgina erisha olgan va bunday odamlar uzoq vaqt davomida faoliyat ko‘rsatganligi sababli tarixdan joy egalladi.

Jasad o‘g‘risi

 

Taxminan yuz yildan sal oldin hali tibbiyot juda kam rivojlangan paytlarda olimlar tana a’zolarini o‘rganish uchun jasadlarga muhtoj edilar, lekin tirik va jonsiz “materiallar” ustida operatsiyalarni bajarish taqiqlangan edi. Shuning uchun tajriba o‘tkazish maqsadida olimlar ko‘chada jasadlarni topib beradigan "jasad o‘g‘irlovchilar"ni yollashlariga to‘g‘ri kelgan.

Dunyomiz o‘zgarishda davom etmoqda, kim bilsin, bugungi kunda ko‘pchilikka tanish kasblar ham kelajakda yo‘q bo‘lib ketsa, ajabmas.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.