Tezlikni oshirgan "Damas" ag‘darilib ketdi, uch kishi jarohat oldi

1 iyun kuni soat 07:30 larda Qo‘shrabot tumani "Qo‘rg‘on" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi 4R-55 avtomobil yo‘lining 15 kilometrida "Damas" rusumli transport vositasi katta tezlikda harakatlanib kelib, boshqaruvni yo‘qotib yo‘lning o‘ng tarafiga ag‘darilib ketgan.

Oqibatda transport vositasida bo‘lgan haydovchi va ikki nafar yo‘lovchi tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.