TIV: Turk deputatining uyida o‘lgan o‘zbekistonlik qiz bilan bog‘liq vaziyat o‘rganilmoqda

Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi deputati, iste’fodagi general Shirin Unalning uyida ishlab kelgan o‘zbekistonlik qiz o‘zini o‘zi o‘ldirishi bilan bog‘liq voqea Turkiya prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabarda keltirilishicha, 2019 yilning 23 sentyabr kuni Anqara shahrida O‘zbekiston fuqarosi Nodira Qurbonovaning fojiali o‘limi bilan bog‘liq vaziyatni Turkiyadagi O‘zbekiston elchixonasi nazoratiga olgan.

Anqara shahar prokuraturasi tergov olib bormoqda. Shuningdek, vazirlik mazkur vaziyat bilan bog‘liq holatlar Anqara shahar prokuraturasi tomonidan o‘rganilayotganini ma’lum qilgan.