Tixanovskaya Belarus maxsus politsiya bo‘linmasini terrorchilik tashkiloti sifatida tan olishni taklif qildi
- 22.11.2020 08:00
- 98
- Xorij
Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya ichki ishlar vazirligining maxsus politsiya bo‘linmasini (OMON), uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bosh boshqarmasini (UJKQKBB) terrorchilik tashkilotlari sifatida tan olinishi to‘g‘risida tashabbus bilan chiqdi. Bu haqda Tixanovskayaning matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Biz ushbu tashkilotlarni (OMON va UJKQKBB) ekstremistik va terroristik tashkilotlar sifatida tan olinishi jarayonini boshladik”, deya keltirdi Tixanovskaya so‘zlarini uning matbuot xizmati.
Tixanovskaya so‘zlariga ko‘ra, “surishtiruv ishlari tugaguniga qadar” ishdan ketmagan barcha xodimlar “sherik sifatida tan olinadi, ularga nisbatan sanksiyalar joriy etiladi. Bundan tashqari, ularning mol-mulki musodara qilinadi”.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa