Tizim “Xalq prokuraturasi” bo‘ladi

Samarqand viloyat prokuraturasi organlari faoliyatini tashkil etishda o‘tgan yili asosiy e’tibor qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qarorlari, shuningdek, uchrashuvlar va hududlarga amalga oshirgan tashriflarida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, tizimli kamchiliklar hamda aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etishga qaratildi.

Xususan, qonunlar va Prezident qarorlari ijrosini ta’minlash borasida ko‘rilgan choralar, davlat organlari huquqiy hujjatlarining o‘rganilishi natijasida 7,1 mingga yaqin prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanildi va 2 mingdan ortiq fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi.

Prokurorlarning qarori va taqdimnomasi asosida 2,3 ming nafar shaxslar intizomiy, ma’muriy, moddiy javobgarlikka tortildi, noqonuniy qarorlarga 1,6 mingta protest keltirildi hamda sudlarga 27,4 milliard so‘mlik 869 ta da’vo arizalari kiritildi.

O‘tkazilgan tekshiruv va jinoyatlarni tergov qilish jarayonida 21 milliard so‘mlik zararlarning undirilishi hamda mahalliy byudjetga tushishi ta’minlandi.

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining ijrosi, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini, kambag‘al aholini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, prokurorlar rahbarligidagi sektorlarga biriktirilgan 290 mahallada istiqomat qilayotgan 1 million 58 ming aholi, 230 ming 694 ta oiladan 12 ming 909 tasi (58 ming 167 nafar oila a’zolari) “ehtiyojmand oila” sifatida ro‘yxatga olingan. Ularning moddiy ta’minoti, yashash sharoitini yaxshilash, bandligini ta’minlash va kambag‘allikdan chiqarish maqsadida 6,2 milliard so‘mlik oziq-ovqat, 381,1 million so‘m naqd pul, 33,9 million so‘mlik dori-darmon tarqatilgan.

Bundan tashqari, mingga yaqin oilaga 639,4 million so‘mlik chorva mollari, 652 oilaga 775,5 million so‘mlik boshqa ko‘maklar berilgan.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari tomonidan 2-sektorlar taqdim etgan materiallarning haqqoniyligi o‘rganilgan holda 2 ming 12 oila kambag‘allik toifasidan chiqarilgan.

Prokurorlarning amaliy yordami bilan o‘tkazilgan 22 ta mehnat yarmarkalarida 597 nafar, shundan 252 nafar ayol ish bilan ta’minlanib, 1152 kishiga huquqiy maslahat berilgan.

Aholi bandligini ta’minlash borasida olib borilgan nazorat tadbirlari davomida 400 dan ortiq nazorat hujjatlari qo‘llanilib, noqonuniy buyruq va qarorlarga 396 ta protestlar keltirildi. Ishchi-xodimlarning manfaatlarini ko‘zlab sudlarga 31 ta da’vo arizalari kiritildi, 283 nafar fuqaroning huquqlari tiklanib, qo‘pol qonunbuzilish holatlari yuzasidan 8 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Viloyat prokuraturasining tashabbusi bilan ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarning 552 tasi yarashtirildi, shuningdek, shar’iy nikoh asosida yashayotgan 885 oilaning nikohlari rasmiylashtirilib, 15 ta erta nikohning oldi olindi.

Birinchi darajali to‘lovlarning vaqtida to‘liq to‘lanishi bo‘yicha o‘tkazilgan tekshirishlarda 21 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 6 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, sudlarga 24 ta da’vo arizalari kiritilib, 65 million so‘mlik ish haqlari undirilgan hamda 59 nafar shaxsning huquqi tiklanib, jinoyat oqibatida yetkazilgan 272,7 million so‘mlik zarar undirilgan.

Tadbirkorlarning huquqiy himoyasini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan omillarni bartaraf etish borasida o‘tkazilgan tadbirlar davomida noqonuniy qarorlarga 22 ta protest keltirildi. 16 nafar shaxs intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortilib, 3 ta jinoyat ishi ko‘zg‘atildi.

Tadbirkorlar muammolarini bartaraf qilish yuzasidan 13 tasiga 458 gektar yer maydoni, 249 tasiga kredit, 3 tasiga bino ajratish, 281 tasiga kommunikatsiya tarmog‘iga ulanish, 56 tasiga litsenziya va ruxsatnoma rasmiylashtirish kabi amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Bundan tashqari, 519 ta yangi tadbirkorlik sub’yekti tashkil etilib, 1512 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi, 259 ta to‘xtab qolgan tadbirkorlik sub’yektining faoliyati qayta tiklandi.

Viloyat bo‘yicha mahalliy va chet ellik investorlarning 135 tasiga amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Xususan, 91 tasiga kredit ajratish, 60 tasining kreditni to‘lash muddatini uzaytirish, 12 tasiga chet eldan mutaxassis olib kelish, 11 tasining kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishi, 38 tasiga litsenziya va ruxsatnomalar rasmiylashtirilishi ta’minlandi.

Prokurorlar tomonidan bu borada o‘rnatilgan nazorat tadbirlari natijasiga ko‘ra, 4 nafar mansabdor shaxslar (tuman hokimlarining o‘rinbosarlari) intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Eksportyor korxona rahbarlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda 100 ta muammo aniqlanib, shundan, 91 tasiga 541,7 milliard so‘m kredit, 14 tasiga 16,7 gektar yer maydoni ajratish, 6 tasiga soliq va bojxona, 3 tasiga kommunikatsiya, 2 tasiga kadastr, 5 tasiga ruxsatnoma olib berishda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Mazkur yo‘nalishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 22 ta muvofiqlashtiruvchi kengashlari o‘tkazildi, surishtiruv va tergov organlarining 665 ta qarorlari bekor qilindi, zarur protsessual harakatlarni o‘tkazish haqida 1989 ta yozma ko‘rsatmalar berildi.

Jinoyatchilik profilaktikasi borasida 4 ming 385 ishsiz, nochor, nizosi mavjud oilalar, qo‘ni-qo‘shnilar, 1484 yolg‘iz ayollar, 8 ming 751 ta ichkilikbozlik va giyohvandlikka ruju qo‘yganlar kabi 71 ming 975 nafar shaxsning ro‘yxati shakllantirilib, olib borilgan tadbirlar davomida ularning 1584 ta muammosi hal qilindi, 1156 ta muqaddam sudlanganlar ish bilan ta’minlandi.

Viloyat prokuraturasi va ichki ishlar boshqarmasining qo‘shma farmoyishi asosida tumanlarda 272 ta mikrohududlar tashkil etilib, ularga biriktirilgan prokuratura, departament va IIB xodimlariga profilaktik tadbirlarni sifatli o‘tkazish vazifasi yuklatildi.

Xavfsiz shahar konsepsiyasini joriy qilish maqsadida jami 1 ming 52 nafar IIB xodimlari, 164 nafar jamoatchilik vakillaridan iborat ishchi guruhlar 3 smenada xizmat o‘tashi belgilangan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida qotillik (24,2 foiz), shuningdek, voyaga yetmaganlar (3 foiz), guruhlar (1,4 foiz) va talabalar (16,7 foiz) tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning sezilarli darajada kamayishiga erishildi.

Shu davrda bevosita prokuratura organlari tomonidan 1328 ta jinoyat ishlari yuzasidan tergov o‘tkazildi. Kelib tushgan 1965 ta jinoyat haqidagi ariza va xabarlar asosida 201 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi, 1840 tasi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazildi.

Viloyat prokuraturasi organlari tomonidan 7 ming 824 nafar, shundan shaxsan prokurorlar tomonidan 3 ming 454 nafar va o‘rinbosarlar tomonidan 2 ming 670 nafar fuqaro qabul qilingan.

Jismoniy shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayonida noqonuniy hujjatlarni bekor qilish yoki qonun talablariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida 46 ta protest, qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish to‘g‘risida 13 ta taqdimnoma kiritilgan. Shuningdek, 64 nafar shaxs intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortilib, 13 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Sudlarga 54 ta da’vo ariza kiritilib, 39 million so‘mlik yetkazilgan moddiy zararlar aybdor shaxslardan undirilgan.

Umuman, viloyat prokuraturasiga 19 ming 650 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 11 ming 484 tasi bevosita prokuratura xodimlari tomonidan hal qilingan.

Ravshan MAShARIPOV,

Samarqand viloyati prokurori.