Tojikiston fuqarosi o‘ziga tegishli bo‘lmagan pasport bilan O‘zbekistonga kirmoqchi bo‘ldi
So‘nggi yillarda mamlakatimizda turizm salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimini oshirish maqsadida qariyb 60 dan ortiq xorijiy davlat fuqarolari uchun O‘zbekistonga 30 kungacha vizasiz tartib joriy qilindi. Natijada yurtimizga kelayotgan sayyohlar oqimi ikki barobarga ko‘paydi. Afsuski, bunday yaratilayotgan imkoniyatlardan o‘zining qing‘ir ishlari yo‘lida foydalanayotgan ayrim shaxslar ham uchramoqda.
DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilar tomonidan joriy yilning 2 dekabr kuni Farg‘ona viloyatidagi “Ravot” avtoyo‘l o‘tkazish punktida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida Davlat chegarasi buzuvchisi aniqlandi. Ya’ni, 1992 yil Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyatida tug‘ilgan Tojikiston Respublikasi fuqarosi X.B. 1994 yilda tug‘ilgan Tojikiston Respublikasi fuqarosi X.P.ga tegishli bo‘lgan pasport bilan O‘zbekiston hududiga kirmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi.