Tojikistonda so‘nggi kecha-kunduzda 43 kishi koronavirus yuqtirgan

Tojikistonda so‘nggi kecha-kunduzda qayd etilgan koronavirus holati 43 nafarni tashkil etib, umumiy ko‘rsatkich 6 921 nafarga yetdi. Bu haqda 20 iyul kuni Tojikiston Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi matbuot xizmati RIA Novosti agentligiga ma’lum qildi.

“O‘tgan kecha-kunduzda kasallanganlar soni 6 921 nafarga yetdi, kasallanganlar soni so‘nggi 24 soatda 43 nafarga oshdi”, deb ta’kidladi agentlik bilan suhbatda bo‘lgan vazirlik vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtgacha mamlakatda 5 929 nafar bemor tuzalgan, (81,3 foiz), 57 kishi koronavirus oqibatida vafot etgan.