«Tolibon» Afg‘onistondagi qamoqxonaga hujum qildi, 35 dan ortiq jangari o‘ldirildi

«Tolibon» Afg‘onistonning Gilmend provinsiyasidagi Lashkargah shahridagi qamoqxonaga bostirib kirishga uringan, biroq hukumat kuchlari hujumni qaytargan, deb xabar beradi RIA Novosti.

Mamlakat Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, jazoni ijro etish muassasasiga hujum qilgan 40 jangaridan 38 nafari o‘ldirilgan, ikkitasi yaralangan.

Hukumat shaharga yuzga yaqin maxsus kuchlarni tortdi. Qayd etilishicha, hujum paytida provinsiya politsiyasi boshlig‘i Xolid Vardak jarohat olgan.

Afg‘onistonda hukumat kuchlari va «Tolibon» o‘rtasidagi qarama-qarshilik davom etmoqda. Guruh qishloqlarning muhim hududlarini egallab oldi va mamlakatdan xalqaro harbiy kontingent chiqib ketishi bilan yirik shaharlarga hujum boshladi. Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari butun mamlakat bo‘ylab terrorizmga qarshi operatsiyalar o‘tkazmoqda.

Qo‘shma Shtatlar 11 sentyabrga qadar o‘z qo‘shinlarini to‘liq olib chiqishni rejalashtirmoqda.