«Tolibon» boshqa mamlakatlardan Afg‘onistonni tiklashda yordam so‘radi

«Tolibon» matbuot kotibi Muhammad Sohail Shohinning aytishicha, Afg‘oniston xalqi mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini tiklash uchun boshqa mamlakatlar yordamiga muhtoj, deya xabar berdi ATR News.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Islom Respublikasi "urush va vayronagarchilik davridan chiqdi va rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tmoqda".

"Hozirgi bosqichda, menimcha, Afg‘oniston xalqi boshqa davlatlarning yordamiga muhtoj. Ular bizga sog‘liqni saqlash, infratuzilma, ta’lim va boshqa sohalarda yordam berishi kerak. Ular bizning tabiiy boyliklarimizdan foydalanishi mumkin. Bu bizning barcha mamlakatlarga umumiy taklifimiz va agar tariximizdagi eng muhim lahzada bizga yordam bersa, biz ularning har birini qadrlaymiz", deya «Tolibon» vakili murojaatidan iqtibos keltiradi nashr.

Eslatib o‘tamiz: so‘nggi haftalarda «Tolibon»  jangarilari Afg‘oniston bo‘ylab tezkor hujum uyushtirdi va 15 avgustda Qobulga kirdi. Respublika Prezidenti Ashraf G‘ani mamlakatni tark etdi. Vitse-prezident Amrulla Solih o‘zini vaqtinchalik davlat rahbari deb e’lon qildi va Afg‘oniston poytaxti shimolida «Tolibon»ga qarshilik ko‘rsatishga harakat qilmoqda.