Tolibon masjidda sodir etilgan teraktni qoraladi
- 10.10.2021 10:22
- 79
- Xorij
Tolibon harakati rasmiylari Afg‘onistonning Qunduz viloyatida shia masjidiga hujum uyushtirganlarni aniqlab, jazolashni va’da qilmoqda. Juma namozi paytida o‘nlab odam, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra 100 kishi portlash qurboni bo‘lishdi.
Hujum uchun javobgarlikni "Islomiy davlat" (ID) jangarilari o‘z zimmasiga oldi.
Bir kun oldin Xost provinsiyasidagi Tolibon rasmiylari teraktlar tayyorlashda gumon qilinayotgan 7 nafar IShID jangarisini qo‘lga olgani haqida xabar bergan edi. Tolibon Afg‘onistondan chiqishidan oldin amerikaliklar bilan muzokaralarda, boshqa masalalar qatorida mamlakatdagi ekstremistik guruhlarga qarshi kurashishga va’da bergan edi.
Shu bilan birga, ko‘pchilik Tolibonning tinchlik haqidagi va’dalariga ishonmayapti. Afg‘onlar esa Eron chegarasiga oshiqmoqda. Eron rasmiylarining aytishicha, agar Tolibon hokimiyatga kelguniga qadar har oy ikki minggacha odam chegarani kesib o‘tgan bo‘lsa, bugun bir kunda shuncha odam kesib o‘tmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda 262 mingdan ziyod aholidan sport sinovlari olindi
- 43 daqiqa avval
- Sport
Dunyo stomatologlari Samarqandga keldi
- 1 soat avval
- Ta’lim