"Tolibon" oliy rahbari amaldorlarni tanqid qilishni taqiqladi
- 22.07.2022 23:16
- 136
- Xorij
Afg‘onistonni nazorat qiluvchi "Tolibon" oliy rahbari mulla Haybatulloh Oxunzoda amaldor va mansabdor shaxslarni tanqid qilishni taqiqlovchi farmon imzoladi.
"Islom ta’limotiga ko‘ra, mansabdor shaxslarni asossiz ayblash va ularni yolg‘on (haqiqatdan yiroq) ma’lumotlar bilan tanqid qilish mumkin emas», deyilgan "Tolibon" chop etgan manbalarda.
Islom dinida g‘iybat va mish-mishlar gunoh sanaladi, ular musulmonlar o‘rtasida nafrat uyg‘otib, e’tiqodni zaiflashtiradi, deyiladi hujjatda.
"Tolibon" rahbari to‘g‘ri qaror qabul qilganligining isboti sifatida Qur’on va Hadisdan misollar keltirgan.
"Islom tamoyillariga rioya qilish barcha vatandosh, mujohid va ommaviy axborot vositalarining burchi bo‘lib, ularga muvofiq tarzda harakat qilishlari shart", deyilgan hujjatda.
Qonunni buzganlar jazolanadi, lekin qanday jazo qo‘llanishi buyruqda ko‘rsatilmagan.
Munisa Shamsiyeva tayyorladi.