To‘satdan millioner bo‘lib qolgan kishilar
Har qanday ishdagi muvaffaqiyatsizlik omadsizlik yoki ko‘zyoshlar uchun sabab emas, balki taqdirning in’omi va muvaffaqiyat sari qadam sifatida qabul qilinishi kerak. Shundaydir ham, lekin ko‘pincha taqdirning zarbalariga o‘z munosabatni o‘zgartirish juda qiyin. Keling, ushbu tamoyil amalda qanday ishlashi va muvaffaqiyatsizligidan saboq olgan odamlar hayotidan lavhalarni misol qilib ko‘rib chiqamiz.
2016 yilda Amerikalik Glenda Blekvell ismli ayol eriga lotereya chiptalari cotib olish pulni behuda sarflash ekanligini isbotlash uchun chipta sotib oldi. Natijada u 1 million dollar yutib oldi.
1992 yilda metall detektori yordamida yo‘qotilgan bolg‘asini qidirayotib, Angliyalik nafaqaxo‘r 15 234 tangadan iborat Rim xazinalarini topib oldi. Britaniya hukumati yer egasi sifatida unga 1,75 million funt (taxminan 2 million AQSh dollari) to‘lagan. Keyinchalik u bolg‘asini ham topib oldi.
Aylin Gref ismli ayol onlayn dunyoda birinchi virtual ko‘chmas mulkni sotish orqali haqiqiy millionerga aylangan. Uni “Ikkinchi hayot Rokfelleri” deb ham atashadi.
Gref shuningdek, 2006 yilda Xitoyda o‘zining virtual tovarlarni yaratishda 3D-chat sayti kabi turli xizmatlar ko‘rsatadigan, hozirda 80 dan ortiq vaqtli dasturchi va rassomlar ishlaydigan Anshe Chung Studios, Ltd. nomi bilan tanilgan haqiqiy kompaniyasini ham yaratdi. U virtual dunyoda to‘liq ishlab topgan daromadi 1 milliondan oshgan birinchi shaxsdir.
Buyuk Depressiya (1929-1939 yillar) davrida AQShning Florida shtatining kambag‘al oilalari yashaydigan kichik shaharchaning bir bankchisi aholini Coca-Cola kompaniyasi aksiyalarini sotib olishga ko‘ndirgan. Keyinchalik bu shahar aholi jon boshiga eng boy shaharga aylandi va hozirda u yerda kamida 67 ta millioner bor.
2008 yil. Shimoliy Dakota shtatida er-xotin yer ostidan xom neft topilgunga qadar o‘z ranchosida qariyb yetmish yil kamtarona yashagan. Dastlab ular bunga shubha bilan qarashdi, biroq tez orada neftchilar bir yil ichida bu juftlikni millionerga aylantirgan yirik neft konini topishdi.
Kelib chiqishi irlandiyalik bo‘lgan amerikaliklarning o‘z mamlakatlari tuprog‘iga bo‘lgan muhabbatini bilib olgan Alan Jekins ismli tadbirkor ularga import qilingan tuproq solingan qoplarni sota boshladi. Endi u va uning sherigi ko‘p million dollarlik kompaniyaga ega.
Amerikalik 87 yoshli huquqshunos o‘z qabrini ustiga sepish uchun (oldindan) 100 000 dollarga Irlandiya tuprog‘ini sotib oldi, Yangi Angliyalik boshqa bir kishi esa o‘zi qurgan uy yon atrofida bu tuproqni yotqizish maqsadida 148 000 dollarga buyurtma berdi. Qizig‘i, hatto irlandiyalik bo‘lmagan, xurofotga ishonadigan xitoyliklar ham omad keltirishiga ishonib, ushbu tuproqqa buyurtma bera boshladilar.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.