Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

ToshDAU Samarqand filialida hududiy agroxizmatlar markazi tashkil etildi

Bu haqda viloyat hokimining 2021 yil 5 avgust kuni “Qishloq xo‘jaligida zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, ta’lim, ilm-fan, ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida keltirildi.

Qarorga ko‘ra, Oqdaryo tumani Dahbet qo‘rg‘onida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filialiga tegishli o‘quv amaliyot binosi va mol-mulklari agroxizmatlar markaziga belgilangan tartibda operativ boshqaruv huquqi, shuningdek, yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi bilan o‘tkazish belgilandi.

Bundan tashqari:

- hududiy agroxizmatlar markazini tashkil etishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari asosida xususiy sektorning ishtiroki;

- hududiy agroxizmatlar markazida xizmat ko‘rsatishni tashkil etish uchun oylik maosh va ustamalarni saqlab qolgan holda tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, xizmat ko‘rsatuvchi bank, sug‘urta va boshqa tashkilotlar hamda ularning hududiy bo‘linmalari mutaxassislari jalb etilishi;

- xususiy mulkchilik asosida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tashkilotlar tomonidan qishloq xo‘jaligi konsalting xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha tashkiliy, moliyaviy hamda huquqiy jihatdan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tadbirlari amalga oshiriladi.