Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yangi O‘zbekistonning – yangi ta’lim muassasalaridan biri

Yangi O‘zbekiston tarixidagi buyuk va shonli sana – Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik bayramini xalqimiz katta shodu xurramlik bilan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida keng nishonlandi.

Yangi O‘zbekistonni bunyod etishda raqobatdosh iqtisodiyot tarmoqlarini yaratishga alohida e’tibor qaratib, barcha sohalarda marrani katta olmoqdamiz. Eng muhimi, buning uchun bizda imkoniyat va salohiyat yetarli.

Jumladan, ta’lim tizimiga berilayotgan e’tibor natijasida bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish bir necha barobarga oshdi. Yangi ta’lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Yangi O‘zbekistonning yangi ta’lim muassasalaridan biri 2020 yilning 16 oktyabrida tashkil etilgan Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali hisoblanadi.

Filialda ta’limning kredit-modul tizimi joriy etilgan bo‘lib, talabalar uchun haftada besh kunlik o‘qish hamda haftaning shanba kunini mustaqil o‘zlashtirish kuni deb belgilandi.

Professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati 50 foizni, o‘rtacha yoshi 35 yoshni tashkil etadi va ularning 25 foizi xorijda tahsil olgan hamda 3 nafar xorijlik vatandoshlar ta’lim jarayoniga jalb qilingan.

2021-2022 o‘quv yilida filialga jami 588 ta qabul kvotasi ajratildi, shuningdek qo‘shimcha yana 44 ta o‘rin berildi (Shundan, kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 18 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 450 ta, 17 ta magistratura mutaxassisliklariga 88 ta, sirtqi ta’limga 2 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 50 ta).

Filialda innovatsion rivojlanish vazirligining O‘zbekiston-Hindiston hamkorligi doirasida “O‘simliklar himoyasi va avtomatik sug‘orish tizimiga asoslangan tuproqlar monitoringida ilg‘or raqamli texnologiyalardan foydalanish” va “Takroriy ekinlar urug‘ini ekadigan kombinatsiyalashgan qurilmani loyihalash va tijoratlashtirishga tayyorlash” mavzusidagi loyihalari faoliyatini boshladi.

“Agrobank” ATB hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda qishloq yoshlarini tadbirkorlik faoliyatlariga yo‘naltirish hamda ularning bilim darajasini oshirish maqsadida 2 oyga (1 oy nazariy va 1 oy amaliy bilimlar beriladi) mo‘ljallangan “Fermerlar maktabi” o‘quv kursi tashkil etildi.

Filial dunyoning 50 dan ortiq nufuzli oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Jumladan, Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi “O‘zbekistonda barqaror bio-iqtisodiyot bo‘yicha yangi magistrlik o‘quv dasturlari” (BioEcUz) 2021-2024 yillarga mo‘ljallangan loyihasi ishtirokchisiga aylandi. Loyiha hamkorlari Yevropa Ittifoqining Latviya amaliy bilimlar va texnologiyalari universiteti (LLU) – Latviya, Vytautas Magnus universiteti (VMU) – Litva, JAMK amaliy fanlar universiteti (JAMK) – Finlandiya hisoblanadi.

Filial jamoasi jahon bankining Yevroosiyo sobiq sovet mamlakatlari qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlari eksportini rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirish (Agri-food export development and competitiveness in  Eurasian post Soviet countries) loyihasida ishtirok etmoqda.

Koreya hukumatining MAFRA vazirligi ekspertlari tashrifi bo‘lib o‘tdi. Ularning ijobiy bahosidan keyin filialda 2021-2024 yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekistonda kartoshka ishlab chiqarishni ko‘paytirish va urug‘lik ishlab chiqarish tizimini rivojlantirishda salohiyatni oshirish” loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Filial joylashgan Oqdaryo tumani hududdagi 10 ta mahallada yashovchi “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” hamda “Ayollar daftari”ga kirgan oilalarning 22 nafar farzandlari hamda yoshlarni qishloq xo‘jaligining 5 ta yo‘nalishida tadbirkorlik va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida o‘quv kurslariga, jumladan, avtomaktab, tikish-bichish, xorijiy tillarni o‘qitish, kompyuter savodxonligi, biolaboratoriyada foydali hasharotlar yetishtirish kabi kurslariga jalb etildi.

Filialda xorijiy tillarni o‘rganishni kuchaytirishga qaratilgan “Xorijiy tillarni o‘rgatish” kursi davlat xususiy sherikchiligi asosida tashkil etildi.

Shavkat HASANOV,

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali direktori,

iqtisod fanlari doktori, dotsent.