Toshkentda tibbiy niqob va qo‘lqoplarni tashlash uchun maxsus qutilar o‘rnatilmoqda

Toshkent shahrida tibbiyot chiqindilari — tibbiy qo‘lqoplar, niqoblar va boshqa himoya vositalari utilizatsiyasi uchun mo‘ljallangan maxsus qutilar o‘rnatilmoqda. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar beradi.

Xabarda ta’kidlanishicha, koronavirus pandemiyasi tufayli tibbiyot chiqindilari misli ko‘rilmagan darajada ko‘p hosil bo‘lmoqda.

"Mamlakatimizda hech qachon bu qadar ko‘p doka niqoblar, rezina qo‘lqoplar, himoya vositalari ishlatilmagan. Ularni ishlatib bo‘lgandan keyin maishiy chiqindilarga aralashtirish, aslo mumkin emas", deyiladi xabarda.