Toshkentdagi uchta uyda yong‘in yuz berdi

Kecha, 12 avgust kuni 22:23 da yong‘in-qutqaruv xizmatiga Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan 1, 174 va 178 uylarda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida  xabar kelib tushgan.

Xususan, Hamal ko‘chasidagi 1 uyning 130 kv.m. maydondagi tomi, shifti va ichki jihozlari yonib ketgan. Alanga maydonining kengayishi oqibatida Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan 174 va 178 uylardagi hujraxonalarining 10 kv.m. maydonining tom qismi yonib zararlangan.

Hamal ko‘chasidagi 1-uyda yashovchi fuqaro O.M. kuyish jarohatini olib shifoxonaga yuborilgan.

Xabar asosida voqea joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga yetib borgan va 23:30 da olov to‘liq o‘chirilgan. Uylarning 105 kv.m. maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.