Toshkentdan viloyatlarga barcha avtobus qatnovlari bekor qilindi

Toshkentdan viloyatlarga qatnovchi barcha avtobuslar harakati to‘xtatildi. Bu haqda Toshkent avtovokzali rasmiy kanalida xabar qilingan.
"Hurmatli yo‘lovchilar!
Noqulay ob-havo sharoiti sababli 19 noyabr sanasidagi barcha reyslar bekor qilinganligini ma’lum qilamiz", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avval xabar berganimizdek, ob-havoning keskin sovib ketishi, yo‘llarning muzlashi oqibatida 20 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus Oqdaryo tumani hududida ag‘darilib ketgan.