Tovlamachilik yo‘li bilan 1500 dollar talab qilgan qiz qo‘lga olindi
19 aprel kuni viloyat IIB boshlig‘iga U.Temur ariza bilan murojaat qilib, tanishi M.Amina u bilan gaplashib yurganligini oila a’zolariga aytib, sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, 1500 AQSh dollar talab qilayotganligi haqida ma’lum qilgan.
Ushbu murojaatga ko‘ra, boshqarmada tezkor xodimlardan iborat guruh tuzildi va shu kuni soat 21:30 da M.Amina 1500 AQSh dollarni tovlamachilik yo‘li bilan U.Temurdan olayotgan vaqtida ushlandi.
Tadbir davomida M.Aminadan maxsus kimyoviy ishlov berilgan 1500 AQSh dollari pul mablag‘lari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan voyaga yetmagan M.Aminaga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jinoyat ishi doirasida jinoyatning kelib chiqish sabablari sinchkovlik bilan o‘rganib chiqilib, uning yakuniga ko‘ra huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.
Hozirda tergov davom etmoqda.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.