Toyloq tumani markazidan Samarqand shahridagi Hazora boshbekatigacha avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
- 23.02.2023 11:54
- 362
- Samarqand
Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmatiga ko‘ra, mazkur yo‘nalish “Maroqand trans 777” MChJ tomonidan tashkil etildi. Avtokorxona buning uchun Xitoydan avtobuslar olib kelgan.
Ushbu yo‘nalish Hazora avtoboshbekatidan boshlanib Toyloq tumani markazigacha bo‘lgan masofani qamrab oladi. Bunda avtobuslar Spitamen shoh, Mirzo Ulug‘bek, Gagarin, Rudakiy nomli ko‘chalar orqali Shodiyona savdo majmuasigacha Shohi Zinda, usta Umar Jo‘raqulov, Shabod, Panjakent ko‘chalari orqali Toyloq tuman markazida yo‘nalishni yakunlaydi.
Yo‘nalishning umumiy uzunligi 25 km bo‘lib unda hozircha 11 ta avtobus 12 daqiqalik interval asosida harakatlanadi. Yo‘l kira narxi 1400 so‘mni tashkil qiladi. Avtobuslar elektron to‘lov tizimiga moslashtirilgan hamda GPS trekerlari orqali onlayn kuzatib boriladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Shafqatsiz hayvonlar
- Hozirgina
- O'qing, qiziq!
Onlayn dars uchun tuzilgan shartnoma bekor qilindi. Nega?
- 19 daqiqa avval
- Ta’lim
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 2 soat avval
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- 2 soat avval
- Mutolaa