Toyloq tumanida 10 ming dollarga “opiy” sotgan shaxs ushlandi

19 noyabr kuni soat 11:30 larda Samarqand viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan Toyloq tumani Sariosiyo mahallasi hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Urgut tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan B.F.dan tadbirda ishlatish uchun berilgan 10.000 AQSh dollari pullari evaziga xaridorlar viloyat IIB JQB tezkor xodimi va “S” ismli shaxslarga polietilenli rangsiz selofan paketi ichida bo‘lgan to‘q jigar rangli, o‘ziga xos hidli “opiy” moddasini sotgan vaqtida qo‘lga olindi.

F.Boltayevni voqea joyida tintuv qilishning imkoni bo‘lmaganligi sababli Toyloq tumani IIBga olib kelinib xolislar ishtirokida tintuv qilinganida qora rangli “Artel” telefonini tekshirib ko‘rish uchun alohida paketga solinib, muhrlandi.

Samarqand viloyati IIB EKBning 20 noyabrdagi ma’lumotnomasida tadbir vaqtida hujjatlashtirib olingan jigar rangli, yopishqoqsimon 481.73 gramm “opiy” giyohvand moddasi turiga kirishi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda olingan daliliy ashyoning manbasini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Bu haqda IIV JQBB giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi xabar berdi.