Toyloqdagi bog‘chada 73 million so‘mlik oylik-maosh to‘lanmay kelingan

Toyloq tumanidagi 34-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining bir guruh xodimlari tomonidan oylik ish haqi to‘lab berilmaganligi yuzasidan tuman adliya bo‘limiga murojaat kelib tushdi.

Aniqlanishicha, 34-sonli MTT tomonidan 2018-2019 yillarda 14 nafar xodimga 73 108 636 (yetmish uch million bir yuz sakkiz ming olti yuz o‘ttiz olti) so‘m miqdoridagi ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar to‘lab berilmagan.

Mazkur qarzdorlikni undirish yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudiga ariza kiritildi.

Sudning 2021 yil 15 apreldagi buyrug‘i bilan 14 nafar xodimga to‘lanmay qolgan 73 108 636 so‘m miqdoridagi ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lab berish yuzasidan tumandagi 34-MTT zimmasiga majburiyat yuklatildi.

Nuramin Ergashev,

Toyloq tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi.