Trampga ko‘proq ruhiy kasallar shifoxonalari kerak bo‘lib qoldi

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda ruhiy kasallar shifoxonalari sonini ko‘paytirish zarur ekanligini ta’kidladi

Uning ta’kidlashicha, AQShda fuqarolarga nisbatan bo‘lib o‘tgan ommaviy qotilliklar (otishmalar) sababli hukumat bu loyihaga mablag‘ ajratishi zarur. “Agar biz 60-70-yillarni yodga oladigan bo‘lsak, ko‘p sonli shunday kasalxonalar yopilgan edi, kasallarni esa shunchaki ko‘chaga qo‘yib yuborishdi. Biz bu odamlar ko‘chada sayr qilib yurishlariga yo‘l qo‘ya olmaymiz”, - dedi Amerika yetakchisi.  

Avgust oyining boshidan beri AQShda otishma bilan bog‘liq uchta ko‘ngilsiz holat sodir bo‘ldi. 4 avgustga o‘tar kechasi Ogayo shtatining Deytona markazidagi qovoqxonalarning biri yonida Konnor Betts miltiqdan o‘q otib, ommaviy otishma boshladi. U 9 kishini o‘ldirdi va 26 kishini jarohatladi. Jinoyatchini bir daqiqa ichida yo‘q qilishdi.

Yana ikkita shunga o‘xshash voqea, Illinoy shtati Chikagoda va Texas shtati El – Pasoda sodir bo‘ldi. Birinchi hujum oqibatida yetti nafar inson jabr ko‘rdi, ikkinchisi oqibatida – 22 nafar odam vafot etdi, yana o‘nlab odamlar jarohat olishdi. Texaslik o‘qchi AQShga kirib kelayotgan “Lotin amerikasi hujumiga” o‘ta huquqiy ekstremistik qarashlarni ifoda etgan.