Trampning shtabi tuhmat uchun javobgarlikka tortiladi
Dasturiy ta’minot va ovoz berish mashinalari sotadigan Dominion Voting Systems kompaniyasining mansabdor vakili prezident Donald Tramp shtabi va uning tarafdorlarini 2020 yilgi prezidentlik saylovlarini soxtalashtirganlikda tuhmati uchun sudga berdi. Bu haqda The Independent yozadi.
Da’vogar – kompaniyaning xavfsizlik va mahsulot strategiyasi bo‘yicha direktori Erik Kumer Jo Baydenga saylovlarni o‘g‘irlashda yordam berish maqsadida kompaniyadagi lavozimidan foydalanganlikda ayblanib, ayni paytda yashirinishga majbur.
Trampning shtabidan uning advokatlari Sidni Pauell, Rudi Djuliani tashqari da’vo bo‘yicha javobgarlar ro‘yxatida OAV - Newsmax va One America News Network, OANN reportyori Shanel Rion va bloger Mishel Malkin ham bor. Da’vogar Kumer prezidentlik saylovlarini soxtalashtirganlikda gumon qilinib, ko‘plab yolg‘on ommaviy bayonotlar orqali unga qasddan ruhiy azob yetkazilganlikda ayblamoqda. Bundan tashqari, javobgarlar uning hayotiga qasd qilish bilan qo‘rqitib, ta’qib qilishgan. Bu bilan ular «ovoz berish tizimlari bo‘yicha milliy ekspert» sifatida uning obro‘siga behisob putur yetkazgan. Da’vo Denverdagi Kolorado okrug sudiga topshirilgan.
«2020 yilgi prezident saylovlari haqidagi soxta fitna nazariyalarining keng tarqalishi shaxsan men va minglab amerikalik saylov tizimi ishchilari, rasmiylar uchun, ozodlik, adolat, oshkora saylovlar uchun o‘zining siyosiy e’tiqodlaridan voz kechgan ham respublikachilar, ham demokratlar uchun vayronakor oqibatga ega bo‘ldi», deyiladi Kumera bayonotida. U hozir shaxsiy xavfsizligini ta’minlash maqsadida turar-joyini maxfiy saqlamoqda.
15 dekabr kuni AQSh prezidentligiga demokratik partiya nomzodi prezidentlik poygasida g‘olib bo‘lish uchun zarur saylovchilar kollegiyasi ovozlarini olgani ma’lum bo‘ldi. Tramp AQSh prezidentlik saylovidagi mag‘lubiyatini tan olishdan bosh tortib kelmoqda. Uning fikricha, «tebranuvchi» oltita shtat natijalari soxtalashtirilgani va Bayden saylovda katta farq bilan yutqazganiga ishonchi komil.