Transport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanishi yoki qarama-qarshi harakat tashkil etilishi mumkin
Hurmatli haydovchi va yo‘lovchilar! Samarqand shahri va atrofidagi yo‘llarda ta’mirlash ishlari - elektr kabellari, tabiiy gaz va ichimlik suvi tarmoqlarini o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Shu munosabat bilan vaziyatdan kelib chiqqan holda, transport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanishi yoki qarama-qarshi harakat tashkil etilishi mumkin.
Ushbu holatlar quyidagi manzillarda kuzatiladi:
1. Panjakent ko‘chasining Sadriddin Ayniy ko‘chasidan Islom Karimov xiyobonigacha bo‘lgan qismida;
2. Dahbed ko‘chasining Ibn Sino ko‘chasidan Siyob kanali ko‘prigigacha bo‘lgan qismigacha;
3. “Oydin yo‘l” ko‘chasidan Rudakiy ko‘chasining Gagarin ko‘chasidan Dahbed ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
4. Shohi Zinda ko‘chasining Dahbed ko‘chasidan Imom Buxoriy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
5. Shohi Zinda ko‘chasining Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasidan Ulug‘bek observatoriyasigacha bo‘lgan qismida;
6. Abdurahmon Jomiy ko‘chasining Universitet xiyobonidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
7. Sadriddin Ayniy ko‘chasining Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasidan Panjakent ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
8. Zarafshon shoh ko‘chasining Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasidan M-37 avtomobil yo‘ligacha bo‘lgan qismida;
9. M-37 avtomobil yo‘lining 0-3 kilometrlari oralig‘ida;
10. M-37 avtomobil yo‘lining 33-42 kilometrlari oralig‘ida;
11. M-39 avtomobil yo‘lining 1081-1085 kilometrlari oralig‘ida.
Shu munosabat bilan yo‘llarda tirbandliklar kelib chiqishi yuzaga kelmoqda. Noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.
Samarqand viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati.