Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tug‘ilgan kun: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi Bahodir Begalov 1968 yil 17 yanvarda Toshkent viloyati Bekobod shahrida tug‘ilgan

Bahodir Begalov 1992 yil Moskva iqtisod-statistika institutini tugatgan. 1996 yillarda shu institutning aspiranturasini tamomlab, nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Iqtisod fanlari doktori, professor Bahodir Begalov Ta’limni axborotlashtirish va Xalqaro axborotlashtirish akademiyalarining haqiqiy a’zosi sanaladi.

Bahodir Begalov mehnat faoliyati davomida qator mas’ul lavozimlarda ishlab kelmoqda. Xususan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri, professori bo‘lgan. U 2017 yil 23 mayda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlangunga qadar Toshkent moliya instituti rektori vazifasida ishlagan.