Turkiya Afg‘onistondan qochqinlarni qabul qila olmasligini bildirdiAvstriya qochqinlarga «yo‘q» deydi
Turkiya Afg‘onistondan birorta ham qochqinni qabul qila olmaydi, dedi mamlakatning “Adolat va taraqqiyot” partiyasi vakili Omer Chelik.
“Turkiya qochqinlar lageri emas. Bizda endi birorta ham qochqinni (Afg‘onistondan) qabul qilish imkoniyati yo‘q. O‘zimiz qaror qabul qilamiz. Biz chegaralarimizni juda ehtiyotkorlik bilan qo‘riqlaymiz”, dedi Chelik jurnalistlarga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Prezidenti Toyyib Erdo‘g‘an Afg‘onistondagi inqirozni keng qamrovli hal etish tarafdori.
“U intensiv xalqaro diplomatiya olib bormoqda, ya’ni Afg‘onistondagi vaziyatni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Germaniya kansleri Angela Merkel bilan muhokama qildi. Biz “Tolibon” nazoratiga olingan Afg‘onistondagi inson huquqlari mavzusini diqqat bilan kuzatayapmiz, u yerda haqiqiy drama davom etmoqda”, deya qo‘shimcha qildi Chelik.
Shuningdek Avstriya qochqinlarni qabul qilishga qarshiligini bildirdi.
Bryussel afg‘on muhojirlariga mutlaqo yolg‘on signal yubormoqda. Bu haqda Ursula fon der Leyenning so‘nggi murojaatini keskin tanqid qilib, Avstriya ichki ishlar vaziri Karl Nexammer aytdi. Yevropa komissiyasi rahbarining “Yevropaning himoyasiga muhtoj bo‘lganlar uchun butun dunyo bo‘ylab qonuniy va xavfsiz yo‘llarni tashkil etish” taklifiga javoban mamlakat afg‘on qochqinlarini qabul qilishga majbur emas”, deya qo‘shimcha qildi Karl Nexammer.
“Aslida, ular himoyani iloji boricha yaqin bo‘lgan mamlakatdan olishlari kerak. Va bunda ushbu davlatlarni qo‘llab-quvvatlash zarur. Qolaversa, BMTning Qochoqlar bo‘yicha Oliy Komissarligi idorasi ham yordamga muhtoj. Afg‘onistonlik qochqin nima uchun 5 ming kilometr masofani bosib o‘tib, keyin Avstriyadan boshpana so‘rashini tushunish qiyin”.
Avvalroq, kansler Sebastyan Kurs ham Avstriya endi afg‘on qochqinlarini qabul qila olmasligini ma’lum qilgan edi. Sababi, ularda juda ko‘p integratsiya bilan bog‘liq muammolar mavjud. Kursning qochqinlarni Amerika va Yevropa vizalarini olishidan oldin Markaziy Osiyo mamlakatlariga joylashtirish g‘oyasini, muhojirlar oqimi nazoratdan chiqib, potensial tahdidga aylanishi mumkinligini o‘z navbatida, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tomonidan tanqid qilingan edi.
G.Xoldorova tayyorladi.