Turkiya bug‘doy, arpa va makkajo‘xoriga 130 foiz import bojlari kiritadi
Turkiya 1 maydan bug‘doy, arpa va makkajo‘xori importiga 130 foizlik boj joriy qilmoqda, bu haqda Prezident Erdo‘g‘an imzolagan tegishli hujjat Resmi Gazete hukumat gazetasida chop etildi.
Hujjatga ko‘ra, bir necha turdagi mahsulotlariga 16,2 foizlik boj to‘lanadigan Singapur va nol stavka saqlanib qolgan Bosniya uchun istisno qilingan.
Ukrainaning “Iqtisodiy haqiqat” nashriga ko‘ra, Turkiya Ukrainadan bug‘doy va arpaning eng yirik xaridori hisoblanadi. Mamlakat Davlat bojxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning birinchi choragida Turkiya Ukraina bug‘doyining eng yirik xaridori bo‘lib, uni 168,8 million dollarga yoki umumiy eksport hajmining 17,7 foiziga import qilgan. Ukraina arpasi joriy yilning birinchi choragida Turkiyaga 52,7 million dollarga import qilingan bo‘lib, bu mahsulot eksportining 42,1 foizini tashkil etadi.
O‘tgan hafta oxirida Polsha va Vengriya mahalliy fermerlarning noroziliklari fonida Yevropa bozoriga bojsiz kiradigan Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importini to‘xtatganini e’lon qildi. Keyinchalik, Slovakiya Ukrainadan g‘alla va boshqa individual mahsulotlar importini to‘xtatganini e’lon qildi, shuningdek, Ukraina donini import qilishga vaqtinchalik taqiq joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani Bolgariya xabar qilgan.