Turkiya: Halok bo‘lganlarni dafn qilish va omon qolganlar hayotini saqlash oson kechmayapti

Turkiyalik seysmolog mamlakat janubi-sharqida yana bir kuchli zilzila bo‘lishini istisno qildi. Mutaxassisning aytishicha, "Uch metrlik siljish allaqachon sodir bo‘lgan va natijada yoriq kamida 250 kilometrga cho‘zilgan": plitalar harakati tufayli mintaqada energiya 300 yil davomida to‘planib kelgan.

Turkiyada zilzila qurbonlari soni 41 mingdan oshdi. 105 mingdan ortiq odam jabrlangan. Bu so‘nggi rasmiy raqamlar. Rasmiylar ko‘p muammolarni hal qilishi kerak, deyiladi Euronews telekanalida.

"Qutqaruv guruhlari har kuni o‘nlab yangi jasadlarni topishmoqda. Turkiya va Suriya qabristonlarida ko‘mish hajmi tufayli uddalash og‘ir kechmoqda. Turkiya janubidagi Antakya hukumati tomonidan marhumlarni dafn qilish uchun joylar ajratilgan", deydi Euronews muxbiri Aneliz Borxes.

Qulagan binolar ostidan olib chiqilayotgan jasadlarni joylashtirish uchun shahar qabristonlarida joy yetishmayapti. Shu bois shaharning turli hududlarida qabriston maydonlari paydo bo‘lmoqda.

Bu yerga olib kelingan jasadlar orasida noma’lum va hamrohsizlari bor. Ular ma’lum bir jarayondan o‘tadi. Barcha jasadlar hisobga olinishi va odamlar o‘z yaqinlari qayerda dafn etilganini bilishlari uchun DNK namunalari olinadi.

Birinchi kuchli zilziladan bir haftadan ko‘proq vaqt o‘tganiga qaramay, qutqaruvchilar vayronalar ostidan tirik odamlarni olib chiqishga muvaffaq bo‘lishdi. Antakyalik 40 yoshli ayol hozircha qutqarilganlar orasida oxirgisi bo‘ldi. Turkiya va Suriya kasalxonalari to‘lib-toshgan.

Davom etayotgan qidiruv-qutqaruv operatsiyasi va vayronalarni tozalash fonida jabrlangan mamlakatlar yana bir jiddiy muammoga duch kelmoqda: uy-joysiz qolgan millionlab odamlarni joylashtirish. Bu katta muammo, chunki bu odamlar bir qator xavf-xatarlarga duchor bo‘lishmoqda. Vabo tez tarqalmoqda. Bu haqda bizga Antakya markazidan shifokor aytdi, deydi muxbir.

"Turkiya rasmiylariga ko‘ra, 80 mingga yaqin odam kasalxonalarda yotibdi, bu esa tabiiy ofatdan o‘zi ham jabr ko‘rgan sog‘liqni saqlash tizimiga juda og‘irlik qilmoqda. JSST zilzila oqibatlarini bartaraf etishga yordam uchun 43 million dollar so‘rab murojaat qildi", - dedi JSST Yevropa idorasi rahbari Xans Klyuge.

Odamlar asosan tashqarida, mashinalar yoki chodirlarda uxlashadi. Chodirlar yetarli emas. Ko‘p odamlar tashqarida uxlashiga to‘g‘ri kelmoqda, kechalari esa juda sovuq.

Shunday qilib, rasmiylar bu vaqtga qarshi poyga ekanligini tushunishadi: marhumlarni ko‘mish va tiriklar hayotni saqlab qolish kerak.

"Euronews"dan Gulnora Xoldorova tayyorladi.