Turkiya hukumati koronavirus pandemiyasi xavfi tufayli 90 mingga yaqin mahbusni vaqtincha ozod qildi

Turkiya parlamenti 90 mingga yaqin mahkumni koronavirus pandemiyasi xavfi tufayli vaqtinchalik ozodlikka chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda ovoz berish natijalari guvohlik bermoqda.

Hukumron adolat va rivojlanish partiyasi va milliy harakatlanish partiyalari tomonidan kiritilgan qonunchilik dalolatnomasiga binoan, og‘ir jinoyat sodir etmagan mahkumlar, ozodlikdan mahrum qilish maskanlaridagi koloniya manzilgohlaridan vaqtinchalik ozod etiladi. Ular 31 may sanasiga qadar ozodlikka chiqariladi. Pandemiya tugagach, ular jazoni o‘tashni davom ettiradi.

Qabul qilingan qarorga muvofiq ko‘rsatilgan sanagacha pandemiyaning pasayishi kuzatilmasa, ozodlikda qolish vaqti uzaytirilishi mumkin.