Turkiya Iroq va Suriya shimolida so‘nggi yillardagi eng yirik harbiy amaliyotni o‘tkazdi
Turkiya armiyasi 19 noyabr kuni boshlagan “Tanja-qilich” operatsiyasi davomida Iroq va Suriyada 364 nafar jangarini yo‘q qildi. Bu haqda Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar parlamentda harbiy departament byudjetini muhokama qilish chog‘ida ma’lum qilgan. Uning so‘zlarini bugun Milliyet gazetasi keltirmoqda.
Vazir operatsiyani so‘nggi yillardagi eng yirigi deb atagan. Unga ko‘ra, havo va yerdan berilgan zarbalar natijasida Turkiyada terrorchi tashkilot deb e’lon qilingan Kurdiston ishchilar partiyasi jangarilari bazalari, ularning ombor va boshpanalari vayron qilingan.
Amaliyot 13 noyabr kuni Istanbulda 6 kishi halok bo‘lgan, 80 dan ortiq kishi yaralangan teraktga javoban boshlangan edi.
Mudofaa vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yil boshidan buyon mamlakatda 4000 ga yaqin kurd jangarilari yo‘q qilingan. Akar 2015 yil iyul oyidan buyon armiya tomonidan olib borilgan amaliyotlar natijasida Turkiya, Iroq shimoli va Suriyada 37 mingdan ortiq terrorist yo‘q qilinini aytdi.