Turkiyada rossiyalik sayyohlar bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi

Turkiyada avtobus halokati oqibatida to‘rt rossiyalik vafot etdi, deya xabar beradi Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Rossiyaning Antaliyadagi Bosh konsulligi aniqlik kiritishicha, yana besh nafar Rossiya fuqarosi og‘ir tan jarohati olgan, ulardan ikkitasi reanimatsiyada.

Voqea Manavgat hududida soat 18:00 atrofida sodir bo‘lgan. Avtobus Konakli posyolkasidan Antaliya aeroportiga ketayotgan bo‘lib, unda 22 rus sayyohi, ulardan 9 nafari bolalar edi. Yo‘l harakati politsiyasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, ag‘darilgan.

Milliyet nashrining xabar berishicha, jami 16 kishi jarohat olgan. Haydovchi og‘ir ahvolda.

Yaqinlari haqida ma’lumot olish uchun ishonch telefoni ochilgan. Kompensatsiya «RESO-Garantiya» sug‘urta kompaniyasi tomonidan to‘lanadi.