Turkiyada yanvardan boshlab mehmonxonalar narxi oshadi

Turkiyada barcha joylashtirish ob’yektlari – mehmonxonalar, motellar, kvartiralar, pansionatlar, mehmonxona-uylar va kempinglar joylashuv narxining 2 foizi miqdorida turar joy solig‘i undirishni boshlaydi, deya xabar bermoqda turk OAVlari.

Soliq joriy etishni Moliya vazirligi taklif qilgan. Turkiya parlamenti tomonidan 2019 yilda qabul qilingan qonunga ko‘ra, u 2020 yilning aprel oyida joriy etilishi kerak edi, biroq bu chora koronavirus pandemiyasi va mehmonxona egalarining noroziliklari tufayli qoldirilgan. Shundan so‘ng Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Yerdo‘g‘on soliqning o‘tkazilishi turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash choralaridan biri bo‘lishini aytdi. Qonun 1 yanvardan kuchga kiradi.

Turar joy narxining 2 foiz solig‘i faqat mehmonxonada qolish uchun joriy etiladi. Mehmonxonalardagi tadbir - to‘y, anjuman, konferensiya va boshqalar, agar mehmonlar tunab qolmasa, soliq olinmaydi.