Turkiyadagi konteyner porti ikki kundan buyon alanga ichida
- 07.02.2023 17:29
- 139
- Xorij

Mahalliy OAVlarga ko‘ra, Turkiyadagi Iskenderun shahridagi portda yong‘in tun bo‘yi davom etgan, ayni paytda yong‘inni o‘chirish choralari ko‘rilmoqda. Yong‘in sabablari hozircha noma’lum.
Yong‘inni o‘chirishning iloji bo‘lmayotgani va u kengayib borayotganini Iskenderun portida xizmat ko‘rsatuvchi va uning hududida joylashgan logistika kompaniyasi tasdiqlagan.
"Yong‘in davom etmoqda. U juda katta. Konteynerlar yonmoqda. Qancha yongani va keyin nima bo‘lishini bilmayman. Lekin zarar juda katta deb ayta olaman", - degan kompaniya xodimi agentlikka.
Teglar:
Turkiya
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Investorlar Samarqandga intilmoqda
- 34 daqiqa avval
- Iqtisodiyot
Viloyat hokimiga yordamchi tayinlandi
- 1 soat avval
- Samarqand