Turkiyadagi zilzilada qulagan binolar borasida 600 dan ortiq odam tergov qilinmoqda
- 26.02.2023 16:21
- 72
- Xorij
Bu haqda Associated Press xabar berdi.
Ularning 182 nafari sudgacha hibsga olingan. Bular qurilish pudratchilari, binolarning egalari yoki menejerlaridir.
Adliya vaziri Bekir Bo‘zdag‘ning so‘zlariga ko‘ra, hozirda tekshiruvlar davom etmoqda va ayrim hollarda bino qulagan joylarda yangi dalillarning topilishi jinoiy tergov uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, zilziladan so‘ng qulagan ko‘plab bino va inshootlar sifatsiz qurilish materiallaridan foydalanilgan va davlat standartlariga javob bermagan holda qurilgan bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz: Turkiyaning Suriyaga yaqin shaharlarida 6 fevral kuni 7,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu ofat deyarli 48 ming kishining hayotiga zomin bo‘ldi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa