Turkiyaga bir nechta qizlarni fohishalikka yuborayotgan ayol qo‘lga olindi

Toshkent shahar IIBB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan qizlarni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natayotgan jinoiy guruh to‘htatib qolindi.

Uch nafar qizni Istanbul shahriga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. U qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “ye” bandi bilan (odam savdosi) jinoyat ishi ochilgan. Hozirda uning yana boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.