Turkmaniston hududidan tranzit tarzida o‘tuvchi tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha yangi tartiblar joriy qilinmoqda

Ushbu tartiblar tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun muhim sanaladi. Chunki 2019 yilning 1 sentyabridan boshlab, Turkmaniston hududidan tranzit tarzida o‘tuvchi tovarlar haqida quyidagi ma’lumotlar taqdim etilmaganda, ushbu mamlakat bojxona xizmati tomonidan tovarlar tranziti uchun rusxatnomalar berilmaydi:
- yuklarni yuboruvchi va qabul qiluvchining nomi va joylashgan manzili;
- tovarlarni yuboruvchi va qabul qiluvchi mamlakat nomi;
- tovarlar tashuvchining yoki ekspeditorning (ruxsatnomani ekspeditor olganda) nomi va joylashgan manzili;
- transport vositasi va uning haydovchisi;
- tovarlarning shakli, nomlanishi, miqdori va qiymati;
- tovarlarning vazni va hajmi;
- tovarlarni kodlash va nomlashning uyg‘unlashtirilgan tizimi bo‘yicha tasniflangan kodi (TIF TN);
- yuk o‘rinlarining umumiy soni;
- tovarlar yo‘llangan manzil;
- yo‘ldagi yuk operatsiyalari (tushirish, ortish, qayta yuklash va hokazo);
- tovarlarni tashish muddati va harakatlanish yo‘nalishi.
Samarqand viloyat bojxona
boshqarmasi axborot xizmati.