Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

U-20 Jahon chempionatiga yo‘l olgan barcha terma jamoalar nomi ma’lum: O‘zbekiston qur’ada 3-savatchadan joy oladi

Indoneziyada 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi 21-jahon chempionati bahslari 20 may kuni start oladi.

Musobaqa 11 iyunga qadar davom etadi va unda qatnashadigan barcha terma jamoalar nomi aniq bo‘ldi.

Kichik mundial guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi 31 martga belgilangan. O‘zbekiston uchinchi savatchadan joy oladigan bo‘ldi. Mezbonlar esa avtomatik tarzda “A” guruhidan o‘rin egallaydi.

1-savatcha: Indoneziya, Urugvay, AQSh, Fransiya, Senegal, Italiya yoki Janubiy Koreya;

2-savatcha: Angliya, Janubiy Koreya yoki Italiya, Yangi Zelandiya, Braziliya, Kolumbiya, Ekvador;

3-savatcha: O‘ZBEKISTON, Nigeriya, Yaponiya, Iroq, Gonduras, Fiji;

4-savatcha: Gvatemala, Dominikan Respublikasi, Gambiya, Isroil, Slovakiya, Tunis.

Ma’lumot o‘rnida: musobaqaning amaldagi g‘olibi Ukraina (2019 yilda) termasi hisoblanadi. Eng ko‘p titulni esa Argentina qo‘lga kiritgan – 6 ta (1979, 1995, 1997, 2001, 2005, 2007).

Shuningdek, bu yilgi jahon chempionatida Dominikan Respublikasi va Isroil debyut qiladi. O‘zbekistonliklar esa beshinchi marotaba yoshlar o‘rtasidagi mundialda qatnashadi va ular ikki bor guruh bosqichida qatnashgan hamda yana ikki marta chorak finalga chiqqan.